AQSHning Nyu-Jersi shtatida O‘zbekiston vaqti bilan 2-iyun tongida UFC 302 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islom Maxachev turnirning asosiy jangida Dastin Poryega qarshi jang qildi va g‘alaba qozondi. Shu tariqa dog‘istonlik sportchi uchinchi bor o‘z kamarini himoya qildi.
Islomning ko‘pchilik muxlislarga notanish bo‘lgan qirralari ham mavjud. Quyida sportchi “Sports” saytining qator savollarga javob berib o‘tdi.
Mashg‘ulotlar vaqtida sparring sheriklaringizni ayar ekansiz?
Ba’zan AKA (American Kickboxing Academy) zaliga borganingda, u yerda yangi odam turgan bo‘ladi. U bilan besh daqiqa sparring tushamiz, u esa darhol nimanidir isbotlashga tushadi, kuchli zarbalar beradi. Bunday insonlarni tinchlantirish lozim.
O‘zimning zalimda bunga yo‘l qo‘ymayman. Ba’zi jangchilar o‘z faoliyatini sparringlarda yakunlaydi. Men ehtiyotkor va texnik ishlashni yoqtiraman. Hamma ham oyoqda va qo‘llarda zarba bera oladi. Lekin jangda kim aqlini ishlatsa, o‘sha g‘alaba qozonadi.
Siz xotirjam odamsiz. O‘zingizni Konorga qarshi jangdan so‘ng uning jamoasi tomonga tashlangan Habibning o‘rniga qo‘yib ko‘ra olasizmi?
Ideal odamman, har doim o‘zimni nazorat qilaman deya olmayman. Har qanday odam o‘zini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Sening g‘ururingga va sha’ningga tegishsa, jim o‘tira olmaysan.