Futzal bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi 11-iyul, payshanba kuni Gvatemalaga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 2-daqiqasida Abror Ahmetzyanov gol muallifiga aylandi. 12-daqiqada Mehroj Yunusov hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 17-daqiqada Sunnat Jo‘rayev avtogol muallifi bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston yana bitta gol urdi. Bu safar gol Fazliddin Botirov nomiga yozildi.
Shu tariqa Xose Venansio Lopes shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Video Playerhttps://www.youtube.com/embed/-2hxPDgcOks?controls=1&rel=0&disablekb=1&showinfo=0&modestbranding=0&html5=1&iv_load_policy=3&autoplay=0&end=0&loop=0&playsinline=1&start=0&fs=1&nocookie=false&enablejsapi=1&origin=https%3A%2F%2Fdaryo.uz&widgetid=1
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
11-iyul, payshanba
O‘zbekiston – Gvatemala 3:1
Gollar: Abror Ahmetzyanov (2), Mehroj Yunusov (12), Sunnat Jo‘rayev (17) (avtogol), Fazliddin Botirov (36).
Dastlabki beshlik: 12. Fayozjon Jo‘raboyev, 2. Anasxon Rahmatov, 6. Ilhom Hamroyev, 8. Husniddin Nishonov, 11. Abror Ahmetzyanov.
Zaxira: Anvarov, Adilov, Botirov, Ropiyev, Jo‘rayev, Usmonov, To‘lqinov, Yunusov, Berkinov, Xudoyberganov.